Bugundan boshlab tijorat banklaridagi valyuta ayirboshlash shoxobchalari tajriba tariqasida kechki soat 22.00 gacha ishlash rejimiga o‘tishdi.
Shunday qilib, tijorat banklari binolarida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari ish rejimi ertalab soat 9:00 dan 22:00 gacha (tushliksiz), mehmonxona, aeroport va vokzallardagi shoxobchalar esa 24 soat uzluksiz va dam olish kunisiz faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi.