07:43 / 16.04.2024
2716

Uch hududda valuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi

O‘zbekistonning uchta hududida valuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kegeyli va Qonliko‘l tumani bo‘limlari tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Unda, valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan  P.Q. va B.K. fuqarolar S.D. va D.B.dan jami 6 800 AQSh dollarini  85,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, IIB va DXX xodimlari hamkorligida Qiziriq tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.B. fuqaro N.A.ga jami 3 700 AQSh dollarini 47,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan U.A. jami 3 200 AQSh dollarini fuqaro Sh.A.dan 40,4 mln so‘mga sotib olishga kelishib, 20,4 mln so‘mni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top