15:54 / 07.09.2017
16459

9 qavatli turar joy binolarida gaz qozonlari, yotoqxonalarda esa gaz plitalari o‘rnatishga ruxsat berildi

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi shaharsozlik normalari va qoidalariga - ShNQ 2.08.01-05 “Turar joy binolari”ga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Turar joy binolarida 9 qavatgacha (9-qavat ham) gazsimon yonilg‘ida ishlaydigan isitish qozonlari o‘rnatishga ruxsat berildi. Ilgari bunga faqat 5 qavatgacha yo‘l qo‘yilardi. Ilgarigidek, qattiq yonilg‘ida ishlaydigan isitish qozonlari 2 qavatgacha (2-qavat ham) binolarda ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, yotoqxonalarda nafaqat pishirish uchun elektr plitalar, balki qattiq yonilg‘ida ishlaydigan plitalar 2 qavatgacha (2-qavat ham) binolarda, shuningdek gaz plitalari (10 qavatgacha, 10-qavat ham) o‘rnatishga ruxsat berildi.

Mavzuga oid
Top