Stalin topşiriği bilan qurilgan Moskvadagi mahobatli binolar yettiligi Nyu-York arxitekturasidan köçirilgani haqida gaplar yuradi. Lekin bunday osmonöpar imoratlarning analoglarini dunyoning boşqa şaharlarida ham uçratiş mumkin. Toşkent markazida qurilişi rejalaştirilayotgan yangi mehmonxona ham şu me’moriy uslubga xos.
Bundan bir neça oy oldin Istanbuldan Moskvaga uçayotgan samolyot jurnalida Moskvadagi “Stalin osmonöpar binolari” yoki “Yetti opa-singil” deb ataluvçi mahobatli binolar yettiligi loyihalari AQŞ arxitekturasidan öğirlangani haqidagi qiziq bir maqolani öqib qoldim.

Undan köp ötmay, Hindistonga qilgan safarimizda Mumbay şahrida ham şunday me’moriy uslubda qurilgan “Eros cinema” binosiga közim tuşdi.

Hayron böldim. Agar sobiq ittifoq öşa maqolada aytilganidek AQŞdan bu loyihalarni öğirlagan bölsa, xuddi şunga öxşaş arxitektura Hindistonga qayerdan kelib qoldi? Boşqa işlar bilan çalğib, bu savolga javob topişni unutibman.
Milliy xavfsizlik xizmatining Toşkentdagi sobiq binosi örnida qurilişi möljallanayotgan “Radissan Blu” mehmonxonasining suratlari yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda yana bir tarqalgaç, öşa esdan çiqib qolib ketgan qiziq savollar yana qayta tuğildi. Çunki bu mehmonxona loyihasi ham aynan Stalinning “opa-singillari”ga juda öxşaydi.

Nyu-York, Moskva, Mumbay, Toşkent. Xöş, kim kimdan köçirgan yoki ilhomlangan?
SSSR xazinasini “çarçatgan” Stalin osmonöparlari
Ötgan asrning 40-yillari oxirlarida Moskvaning turli nuqtalarida me’moriy yeçimlari bir-biriga öxşaş bölgan 8 ta osmonöpar binolar qurilişi boşlanadi. Bu bilan Stalin sobiq ittifoqning kuç va taraqqiyotini namoyiş etib, ittifoq heç kimdan kam emasligini dunyoga köz-köz qilmoqçi böladi. Biroq siyosiy maqtançoqlik oqibatida öşa yillarda Moskvadagi uy-joy qurilişlari kölami keskin

















