Toşkent viloyati Toşkent tumanida joylaşgan Örmon xöjaligi agentligi huzuridagi «Darxon» ilmiy-tajriba stansiyasi («Dendropark»)da noqonuniy tarzda egallab olingan binolar tegişli sud qarori asosida buzilmoqda.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi, Boş prokuratura va boşqa mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda «Dendropark»da daraxtlarni nobud qiliş, yer ajratiş va undan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq köplab holatlar aniqlangandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 198- (Ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) va 205-moddalari (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Oktyabr oyi boşida mahkama matbuot xizmati Toşkent tumanidagi mazkur manzarali boğdorçilik va örmon ilmiy-tajriba xöjaligi hududida ekilgan qimmatbaho navli noyob yonğoq daraxtlar nobud qilinayotgani haqida xabar bergan. 85 tup qimmatbaho navli noyob yonğoq daraxtlari kesib taşlangan, daraxtlarning 103 tupi esa mas’uliyatsizlik sabab qurib qolişiga olib kelingan.












