Qozog‘iston sobiq bosh vaziri Serik Axmetov muddatdan oldin ozodlikka chiqdi. U 2015 yilda 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Bu haqda Tengri News xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, u Qarag‘anda viloyatidagi koloniya darvozasidan chiqib, avtomobilga o‘tirgan va ketib qolgan.
«Men rejalar bilan hali bir qarorga kelganim yo‘q. Nima bilan shug‘ullanishimni vaqt ko‘rsatadi. Hozir uyga boraman», - degan u koloniya oldida yig‘ilib turgan OAV xodimlariga.
Axmetov pora olish, xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilish, tadbirkorlik faoliyatida noqonuniy tarzda ishtirok etish va o‘zganing mulkini juda katta miqdorda o‘zlashtirishda ayblangandi.