18:50 / 28.09.2017
17923

Neymar ilk marta izoh berdi

«PSJ» hujumchisi Neymar Edinson Kavani bilan o‘rtasida ro‘y bergan mojaro haqidagi masalaga ilk marta munosabat bildirdi.

Ushbu ikki futbolchi Fransiya chempionati doirasida «Lion»ga qarshi kechgan uchrashuv vaqtida ziddiyatga kirishgandi.

O‘shanda braziliyalik futbolchi Kavani bilan jarima zarbalarini amalga oshirishni talashgandi, avvaliga jarima zarbasini Neymar Kavanini norozi qilgan holda ijro etdi, keyinroq Neymarni norozi qilgan holda Kavani penalti tepdi. Frantsuz nashrlari ikki futbolchi kiyim almashtirish xonasida janjallashib ketishiga bir baxya qolgani haqida yozdi.

«Jurnalistlar ko‘p narsani o‘ylab topishadi. Ular ko‘pirtirib yozishadi. Ular o‘zlari bilmagan narsalari haqida yozishmoqda.

Biz kiyim almashtirish xonasida janjallashganimiz haqida yozishibdi. Bu aslida umuman bo‘lmagan.

Penaltimi? Biz buni hal qilib oldik», deya Neymarning so‘zlarini keltirgan Mundo Deportivo.

Top