21:00 / 01.10.2017
8115

Erdo‘g‘an: Turkiya Yevropa Ittifoqi a'zosi bo‘lmasa, hech narsa yo‘qotmaydi

Foto: REUTERS/Osman Orsal

Turkiya Yevropa Ittifoqi a'zosiga aylana olmasa, hech narsa yo‘qotmaydi. Bu haqda 1 oktabrda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.

"Anqara Bryusselning tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, Yevropa taraqqiyotiga ulushini qo‘shishga tayyor. Agar Yevropa Ittifoqi buni rad etsa, Turkiya hech narsa yo‘qotmaydi. Turkiya umuman olganda Yevropa Ittifoqida a'zolikka mutoj emas, Yevropa Ittifoqi siyosati esa Anqaraga bog‘langan", deb aytgan Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘anning aytishicha, "Yevropa Ittifoqining yangi rejalarini amalga oshirishning yagona yo‘li Turkiyaning to‘laqonli a'zoligi orqali yotadi". 

13 sentabrda Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqi 2019 yilgacha hamjamiyatga birorta yangi davlat qabul qilmasligini aytgan. Yunkerning aytishicha, Bryussel Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishiga imkon bor deb hisoblamaydi. 

Mavzuga oid
Top