12:30 / 01.10.2017
31323

Shimoliy koreyaliklar AQShni «yonayotgan dengiz»ga aylantirishmoqchi

KXDRning Osiyo-Tinch okeani bo‘yicha qo‘mitasi raisi AQSh prezidenti Donald Trampni qattiq tanqid qildi.

Bayonotda Tramp olib borayotgan siyosat «Amerikani olovli dengizga aylantiradigan harakat va o‘ziga suiqasd qilish akti» deb baholangan.

Bayonotda shuningdek, Trampning shafqatsiz siyosati «cholning ahmoqligi» deya baholangan va bu holat KXDRning armiyasi va xalqini yanada jipslantirishi e'tirof etilgan.

Ayni vaqtda Koreya yarim orolidagi vaziyat tarangligicha qolmoqda. Shimol koreyslari iyul oyida ballistik raketalari sinovini o‘tkazgandi, 29 avgust va 15 sentabr kunlarida yana ikkita raketa uchirildi, bu raketalar Yaponiya hududida quladi. 3 sentabr kuni qit'alararo ucha oluvchi raketa sinovdan o‘tkazilgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top