Şimoliy Koreya 12 soat içida ikkinçi ballistik raketasini uçirdi. Bu haqda 18 dekabr, duşanba kuni Janubiy Koreya Qurolli kuçlari ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi xabar berdi. Ta’kidlanişiça, raketa Pxenyan yaqinidagi hududdan dengiz tomon uçirilgan.
Şimoliy Koreya ballistik raketa uçirgani haqidagi ma’lumotni Yaponiya Mudofaa vazirligi ham tasdiqlagan. Yaponiya sohilni qöriqlaş xizmati ma’lumotlariga köra, raketa uçirilganidan bir soat ötib Xokkaydo oroli ğarbida dengizga qulagan. Şimoliy Koreya raketasi taxminan 6000 km balandlikka kötarilgan, uning parvoz masofasi 1000 kmni taşkil etgan, deya aniqlik kiritdi Yaponiya Mudofaa vazirligi. Vazirlik bayonotida aytilişiça, Tokio Pekindagi diplomatik kanallar orqali Pxenyanning raketa uçirişi yuzasidan keskin norozilik bildirgan.
Qisqa masofali raketa uçirilişi
Avvalroq, 17 dekabr oqşomida KXDR qisqa masofaga uçuvçi ballistik raketani uçirgandi. Janubiy Koreya harbiylariga köra, raketa taxminan 570 km masofani bosib ötgan va dengizga qulagan. Uning uçirilişi Şimoliy Koreya sobiq yetakçisi Kim Çen Ir vafotining 12 yilligiga töğri keldi.
Qöşma Ştatlar 17 dekabr kuni Şimoliy Koreya ballistik raketalarni uçirganini qoraladi. «Bu holatlar BMTning köplab rezolyutsiyalarini buzadi, Şimoliy Koreyaning qöşnilariga tahdid soladi va mintaqaviy xavfsizlikka putur yetkazadi», — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.












