Şimoliy Koreya 2024 yilda yana uçta razvedka sun’iy yöldoşini uçirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda 31 dekabr, yakşanba kuni Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Koreya Mehnat partiyasi markaziy qömitasi yiğilişida tegişli rejalarni e’lon qilib, sun’iy yöldoş uçirilişini kelasi yil uçun eng muhim siyosiy qarorlardan biri deb atagan. U AQŞ, Yaponiya va Janubiy Koreya örtasidagi uç tomonlama hamkorlikni tanqid qilib, bu «Koreya yarimorolidagi vaziyatni xavfli tusga olib kelayotganini» bildirdi. «AQŞ uzoq vaqtdan beri Koreya yarimorolidagi vaziyatni yomonlaştirib, bizga tahdid solmoqda», - dedi Kim Çen In.
Pxenyan noyabr oyida ilk razvedka sun’iy yöldoşini uçirdi
21 noyabr kuni Şimoliy Koreya özining birinçi razvedka yöldoşi - «Malligyon-1»ni uçirdi. 2 dekabr kuni KXDR razvedka sun’iy yöldoşidan foydalaniş böyiça boşqarma iş boşladi. Sinov amaliyoti doirasida, Pxenyan ma’lumotlariga köra, sun’iy yöldoş Oq uy, Pentagon, şuningdek, AQŞ, Koreya Respublikasi va Yaponiyadagi qator harbiy obektlar tasvirlarini uzatgan.
Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, Kim Çen In 2024 yilda yadro qurolini işlab çiqariş rejasini amalga oşiriş uçun «kuraş olib borilişi» va uşbu turdagi qurollar işlab çiqarişni izçil oşiriş imkonini beradigan «işonçli asos yaratilişini» ta’kidlagan.












