18:10 / 02.10.2017
12920

Marseldagi terrorchining 8 hayoti bo‘lgan

Foto: Jean-Paul Pelissier / Reuters

Fransiyaning Marsel shahridagi Sen-Sharl vokzali yaqinida 1 oktabr kuni pichoq bilan yo‘lovchilarga hujum qilib, ikki ayolni o‘ldirgan shaxs politsiyachilarga 8 nom bilan ma'lum bo‘lgan. Ammo uning asl shaxsiyati haligacha aniqlanmagan.

Reuters ma'lumotiga ko‘ra, ushbu terrorchilik hujumi uchun javobgarlikni IShID zimmasiga olgan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, ushbu hujumni kelib chiqishiga ko‘ra shimoliy afrikalik bo‘lgan shaxs amalga oshirgan. Ba'zi manbalarga ko‘ra u tunislik, boshqa manbalarga ko‘ra esa jazoirlik.

O‘tgan haftaning juma kuni, teraktdan avvalroq u Lion shahrida do‘konda o‘g‘rilik qilgani tufayli qo‘lga olingandi. Ammo keyin politsiyachilar uni qo‘yib yuborishgan, o‘shanda uning barmoq izlari olingandi.

Terrorchining yonida faqat ikki pichoq va mobil telefon bo‘lgan, uning hujjatlari bo‘lmagan.

Kun mobaynida matbuot uning yoshi, millati va boshqa ma'lumotlari haqida turli xabarlarni tarqatgandi.

Uni shu vaqtgacha jami 8 marta turli huquqbuzarliklar uchun qo‘lga olishgan (o‘g‘rilik, giyohvand moddalar savdosi, Fransiya hududida hujjatsiz harakatlanish) va u har safar o‘zini turli nomlar bilan tanishtirgan.

Shu bilan birga u radikallar ro‘yxatida bo‘lmagan.

U hujjatlarga ega bo‘lmagan holda Liondan Marselga qanday yetib kelgani tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Guvohlarning aytishicha, u vokzalda skameykada hammadan alohida o‘tirgan, uning tashqi ko‘rinishi shubhali bo‘lgan. U birdan o‘rnidan sapchib turgan va diniy hayqiriqlar aytib, odamlarga tashlangan. Natijada, ikki opa-singil halok bo‘lgan, ulardan biri 17, ikkinchisi 20 yoshda edi. Ular qo‘shni shahardan Marselga qarindoshlarinikiga kelishgandi.

Tez orada voqea joyiga politsiyachilar yetib kelishgan va terrorchi o‘ldirilgan.

Marselga Fransiya Ichki ishlar vaziri Jyerar Kollon kelgan, u hodisani terakt deb baholamadi, ammo prokuratura ishni terorizm akti sifatida o‘rganmoqda. 

Qayd etish kerakki, joriy yilda Marselda terrorchilarning xurujlari sezilarli darajada oshdi. Bu port shaharda jinoiy guruhlar faoliyat yuritadi, shu tufayli bu shahar terrorchilik hujumlarini amalga oshirish uchun qulay shahar hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top