8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

08:30 / 04.10.2017 11163

Braziliya tarixidagi eng katta o‘g‘rilik oldi olindi

Foto: © AFP 2017 / Andressa Anholete

Braziliyaning San-Paulu shahri politsiyasi bankni tunamoqchi bo‘lganlikda gumon qilingan 16 kishini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Globo telekanali.

Ma'lum qilinishicha, jinoyatchilar g‘araz niyatlarini amalga oshirish uchun 500 metr uzunlikka ega tunnel qazishgan. Bu tunnel Banco do Brasil banki omboriga olib borgan. Tergov taxminiga ko‘ra, gumonlanuvchilar milliard real (318 mln dollar) o‘g‘irlashmoqchi bo‘lishgan. Politsiyada aniqlanishicha, jinoyatchilar tunnelni qazish uchun million dollarga yaqin pul sarflashgan. Ma'lum qilinishicha, agar bu o‘g‘rilik amalga oshganda u Braziliya tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik bo‘lardi. 

Avvalroq ham Fortalezadagi Braziliya markaziy bankini tunashda tunnel qo‘llangan. O‘shanda o‘g‘rilar o‘ylagan rejalarini amalga oshirib, bankdan 52 mln dollar olib chiqib ketishgan. Tunnelning o‘zi esa 60 metrlar atrofida bo‘lgan.

Top