10:40 / 09.10.2017
38861

«Uning harakatlari Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin» 

Foto: Kevin Lamarque/Reuters

Amerikalik senator Bob Korker mamlakat prezidenti Donald Trampning xatti-harakatlarini tanqid qildi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Korkerning ma'lum qilishicha, Tramp Oq uydagi mas'uliyatli ishiga realiti-shoudagidek qaramoqda. U amerikaliklar rahbari boshqa davlatlarga tahdid qilayotgani, bu esa Uchinchi jahon urushi boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan.

«U meni tashvishlantirmoqda. U mamlakat taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir kishini tashvishlantirishi kerak», — degan Korker.

Ma'lumot uchun, Korker saylovoldi kampaniyasi davrida Trampning yaqin tarafdorlaridan biri edi. 

8 oktabr kuni prezident Korkerni senatorlik lavozimida keyingi muddatga ham qolmaslik bo‘yicha qabul qilgan qarorini keskin tanqid qilgandi.

Mavzuga oid
Top