Tramp jurnalistlarga AQŞning iqtisodiy muvaffaqiyatlari haqida sözlayotganda, maxsus xizmat xodimlaridan biri uning yoniga kelib, nimanidir tuşuntira boşlagan. Prezident undan nima gapligini söragan va qisqaça tuşuntiriş olgaç, heç narsa demay, matbuot anjuman ötgan zalni tark etgan. 

AQŞ prezidenti ortidan uning ma'muriyati xodimlari çiqib ketişgan.

Biroq bir neça daqiqa ötgaç Tramp zalga qaytgan va Oq uy yaqinida otişma yuz bergani, huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvçiga öq uzib, uni yaralaşganini ma'lum qilgan. AQŞ prezidentining aytişiça, boşqa heç kim jabrlanmagan.

Tramp gumonlanuvçi unga nisbatan biror ğaraz niyatda bölganidan bexabar ekanini aytgan. “Ehtimol, bu hodisa menga umuman aloqasi bölmagan”, deb aytgan Tramp hamda “dunyo har doim xavfli joy bölgani” va bu voqeada biror ğaritabiiy narsa yöqligini qöşimça qilgan.

Tramp otişma vaqtida jurnalistlar avval taxmin qilganidek bunkerga emas, Oval xonaga olib ketilgan.

Maxfiy xizmat otişma yuz berganini tasdiqlagan. Ta'kidlanişiça, otişmada maxfiy xizmat zobiti iştirok etgan. Qolgan tafsilotlar keyinroq ma'lum qilinişi ta'kidlab ötilgan.

CNBC telekanali ma'lumotlariga köra, yaralangan erkak huşsiz holatda Jorj Vaşington universiteti şifoxonasiga yetkazilgan. U kökrak qismidan jarohat olgan.