“Biz ayni vaqtda Rossiya bilan yadro qurollanişi paktini tuziş ustida iş olib bormoqdamiz. Bu hozirgi kunda dunyodagi eng katta muammo hisoblanadi”, deb aytgan Tramp Xyu Xyuitt radioşousi efirida.

AQŞ prezidenti “Rossiya kelişuvga erişilişini juda istayotgani” va şu sababli buni “paysalga solmasligini” aytgan. 

2019 yil oktyabrida Tramp AQŞ, Rossiya va Xitoy muddati 2021 yil fevralida tugaydigan Rossiya va AQŞ örtasidagi ikki tomonlama DSNV (SNV-3) şartnomasi örniga yadro qurolini işlab çiqişni çeklovçi uç tomonlama yangi şartnomani tuzişi kerakligini aytgan. Pekin esa bu masala böyiça Moskva va Vaşington bilan muzokaralarda iştirok etmasligini ta'kidlab kelmoqda. 

Tramp intervyu vaqtida Rossiyaga nisbatan avvalgi prezident Barak Obamadan köra qat'iyroq pozitsiyaga egaligini yana bir bor ta'kidlab ötgan.

“Men NATOni özini Rossiyadan himoyalaşi uçun 400 mlrd dollar köproq tölaşga majbur qildim. Obama esa heç narsa olmagan, u faqatgina kamaytirgan [NATO davlatlarining mudofaaga xarajatlarini]”, deb ta'kidlab ötgan Tramp.  

Strategik hujum qurollarini qisqartiriş böyiça DSNV şartnomasi Rossiya va AQŞ tomonidan 2010 yilda imzolangan. U yangi şartnoma bilan almaştirilmasa, 10 yil davomida, ya'ni 2021 yil 5 fevraligaça kuçda qoladi. Hujjat ikki tomonning roziligi bilan yana köpi bilan 5 yilga, ya'ni 2026 yilgaça uzaytirilişi mumkin. Moskva Vaşingtonni şartnomani uzaytiriş masalasini hal qilişni çözmaslikka çaqirmoqda. 

Rossiya va AQŞ 16-18 avgust kunlari Venada strategik barqarorlik böyiça maslahatlaşuvlarning yangi raundini ötkazadi.