Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspert: Markaziy Osiyodagi iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga nomutanosib ravishda oshmoqda
O‘zbekiston so‘nggi 12 oy davomida ulkan o‘zgarishlar sari yuz burmoqda. Xalqaro iqtisodchi mutaxassislardan bir nechtasi Global Capital'ga intervyu berib, Markaziy Osiyodagi vaziyatga baho bergan. Bu haqda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Hans Holtshaker o‘z fikrini bayon qilgan.
«Shavkat Mirziyoyev mamlakatda katta o‘zgarishlar qilishga urinmoqda. Xitoy tajribasida katta samara bergan erkin iqtisodiy zonalarni yaratish, 2019 yilga qadar to‘liq erkinlashtirilgan valyuta konvertatsiyasi kabi tadbirlar mamlakat iqtisodiyotida ijobiy to‘lqinlarni paydo qiladi. Shuningdek, tadbirkorlik sharoiti, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, soliqni tartibga keltirish borasida olib borilayotgan islohotlar alohida e'tirofga sazovor», deydi u.
Xalqaro Valyuta jamg‘armasining Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari bo‘yicha boshqarma direktori Jihad Azurning fikricha, O‘zbekiston iqtisodiyoti Xitoy tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Bir makon, bir yo‘l» loyihasidan ham katta foyda ko‘rishi mumkin.
«Markaziy Osiyo orqali Pekin hamda Yevropa temir yo‘l tarmoqlari orqali bog‘lash g‘oyasi ortidan O‘zbekistonda yaxshi imkoniyatlar tanlovi paydo bo‘lmoqda. Ammo katta yo‘lning boshlanishida qadamlar, xolos. XVJ taqdimnomasi ko‘ra, mintaqadagi moliyaviy kamomadlar miqdori me'yordagi prognozdan 3,4 foizga tushib ketdi. Bundan keyin, davlat soliq turlari va hajmini oshirishi, ijtimoiy himoyalash va imtiyozlar dasturini ko‘paytirishi lozim. Sababi shundaki, iqtisodiy o‘sish mintaqada yashovchi kishi boshiga mutanosib emas, bir vaqtda poraxo‘rlik va beqaror o‘zgarishlar yuz bermoqda», deydi u.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
Mavzuga oid

15:04 / 07.07.2025
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida

23:21 / 03.07.2025
“Tasodifiy, lekin yaxshi kontekst” - ekspertlar Ozarboyjonga tashrifning geosiyosiy ahamiyati haqida

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

20:45 / 30.06.2025