Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Harbiy bo‘linmalar Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi turishga tayyorlanish va aholi xabardorligini oshirish maqsadida poytaxt ko‘chalarida «mudofaani ushladi».
Tayvan Qurolli kuchlari ilk bor shahar jamoatchilik transportini jalb etgan holda, Xitoy hujumini qaytarishga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Bo‘linmalar Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi turishga tayyorlanish va aholi xabardorligini oshirish maqsadida poytaxt ko‘chalarida «mudofaani ushladi».
Erta tongdan tankka qarshi Javelin raketa majmualari bilan qurollangan harbiy politsiya otryadlari Taybeydagi metro stansiyasidan chiqib keldi va yopiq turgan do‘konlar oldidan o‘tib, jangovar pozitsiyani egalladi. Shaharning boshqa joylarida armiyaning frontorti qo‘mondonligi o‘q-dorilar va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda tezkor jamoat transporti tizimidan foydalandi.
Tayvanda harbiy o‘quvlar 41 yildan beri har yili o‘tkaziladi, ammo bu safar qo‘mondonlik odatdagidan ancha ichkariga kirdi. Qo‘shinlar «jang maydonida omon qolish» sinovidan o‘tkazildi —ssenariyga ko‘ra, Xitoy dengiz va havo kuchlari deyarli har kuni Tayvan suvlari yaqinida manyovr qilib, to‘satdan raketa zarbalari beradi va desant tushirishni amalga oshiradi. Bu safar 10 kun o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning so‘nggi to‘rt kuni butun mamlakat bo‘ylab uzoq davom etadigan janglarga tayyorgarlikka bag‘ishlanadi.
O‘quv mashg‘ulotlariga zaxiradagi 22 ming kishi safarbar etilgan. Shuningdek, birinchi marta AQShdan sotib olingan va Ukrainadagi jang maydonlarida yuqori samaradorligini namoyon etgan HIMARS reaktiv zalp o‘t ochish tizimlaridan ham foydalaniladi.
Financial Times’ning yozishicha, shahar ko‘chalaridagi operatsiya davomida gaubitsa va tank bir nechta avtomobil hamda suv minorasiga shikast yetgan, Patriot zenit-raketa majmuasi esa qayrilib olish vaqtida tiqilib qolgan.
Mavzuga oid
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
23:17 / 18.03.2026
“Xitoyning maqsadi – radarlarni sinab ko‘rish” - Hikmatilla Kazakbayev
15:09 / 05.02.2026
Si Jinping Trampga: Tayvanga qurol yetkazib berishda AQSh ehtiyotkor bo‘lishi kerak
01:00 / 26.01.2026