14:10 / 23.10.2017
4249

London-2017 Para-taekvando: O‘zbekiston vakilasi bronza medalni qo‘lga kiritdi

2017 yil 16-22 oktabr kunlari Buyuk Britaniyaning poytaxti London shahrida para-taekvando bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur chempionatda 59ta davlatdan 263 sportchi kuch sinashdi. Jumladan, ayollar o‘rtasida kechgan bahsda +58kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Guljanoy Naimova braziliyalik raqibi Menezes Deborani mag‘lub etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jahon chempionati Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tokio-2020” XVI Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochko beruvchi yirik musobaqalardan biri hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top