08:08 / 02.11.2017
8106

Britaniya mudofaa vaziri o‘tmishdagi nomaqbul ishi sababli iste'foga chiqdi

Foto: RIA «Novosti»

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon iste'foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmatida RIA “Novosti” axborot agentligiga ma'lum qilingan.

Fellon o‘zini ayol jurnalist bilan nomaqbul tutganlikda ayblovlar ortida lavozimini tark etgan. Voqea 10 yilcha avval yuz bergan: vazir go‘yoki ayolning tizzalariga qo‘lini qo‘ygan, bu esa jinsiy shilqimlik sifatida baholangan.

"Oxirgi vaqtda mening o‘tmishda o‘zimni tutishim bilan bog‘liq bir qator ayblovlar paydo bo‘ldi. Bu ayblovlardan ko‘pi yolg‘on, biroq men avvallari o‘zimni qurolli kuchlar uchun nomunosib tutganimni tan olaman. Men bulardan xulosa qilib, iste'foga chiqishga qaror qildim", deb aytilgan Fellonning bosh vazir Tereza Mey nomiga yo‘llangan bayonotida.

"Oxirgi 3,5 yil davomida mudofaa vaziri sifatida xizmat qilish men uchun sharaf bo‘lgan, men bizning xavfsizlik ortidan kuzatuvchi erkaklar va ayollar ishi va jasurligi, professionalligidan faxrlanaman", deb qo‘shimcha qilgan vazir.                                     

Yaqinda avval Sunday Express nashrida ishlagan, hozirda radioboshlovchi bo‘lgan Juliya Xartli-Bryuyer nomlarni ma'lum qilmagan holda o‘zi bilan yuz bergan voqea haqida so‘zlab bergan. U konservatorlar partiyasi anjumanidagi kechki ovqat vaqtida bir erkak unga shilqimlik qila boshlagandan keyin uning yuziga tarsaki tushirishini aytgan. Sun bu shilqim erkak kim bo‘lganini tezda aniqlay olgan va bu Fellon bo‘lib chiqqan. 

Ushbu ayblovlar oshkor bo‘lgandan keyin Fellon bir marta Xartli-Bryuyerga nisbatan o‘zini nomaqbul tutganini tan olgan, biroq bu qilmishi uchun ancha avval kechirim so‘raganini aytgan.

Top