11:05 / 09.11.2017
10678

Jarima elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qoplandi

Ellikqal'a  tumani Bo‘ston shahar M.Yusuf ko‘chasida istiqomat qiluvchi Sh.M. Majburiy ijro byurosi Ellikqal'a tuman bo‘limi xodimlari tomonidan iste'molchi xonadonining elektr hisoblagichi tamg‘alanmaganligi sababli jarima yozilganidan noroziligini bildirib, tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi matbuot va axborot sektori. 

Norozilik sababi - TETK xodimi xonadonga yaqinda yangi hisoblagich o‘rnatgan, lekin o‘sha paytda hisoblagichni tamg‘alash tugul bu bo‘yicha xonadon egasini ogohlantirmagan.
 
Ushbu masalaga aniqlik kiritish uchun  jamiyat hamda Ellikqal'a tuman ETK xodimlari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayonda iste'molchi xonadoniga yozilgan jarima, Ellikqal'a TETK xodimining mas'uliyatsizligi oqibatida yuzaga kelgani aniqlandi. Jamiyat tomonidan iste'molchiga jarimasini qoplash uchun Ellikqal'a ETKdan  jami 450 000 so‘m pul undirib berildi.

Top