«Gazel» rusumidagi yo‘lovchi tashuvchi avtomobilda bo‘lgan bir guruh futbol fanatlari Rostov viloyatida jiddiy avtohalokatga yo‘liqqan. Bu haqda rus matbuoti xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida besh nafar futbol fanati vafot etgan. Ular Krasnodarda bo‘lib o‘tgan Argentina va Nigeriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini (2:4) ko‘rib yana Rostovga qaytayotgan bo‘lgan.
«Gazel» KamAZ rusumidagi yuk mashinasiga borib urilgani aytilmoqda. Halok bo‘lganlardan tashqari yana olti nafar yo‘lovchi jarohati sabab shifoxonaga yotqizilgan.