Braziliya terma jamoasi Peruga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazib, 0:1 hisobida yutqazib qöydi. Öyinning ikkinçi bölimida Neymar maydonga tuşdi, ammo jamoasiga natija keltira olmadi. 

Braziliyaliklar uçun bu 2018 yilgi jahon çempionatidan beri ilk mağlubiyatdir. Braziliya sönggi marta Braziliyadagi mundial 1/4 finalida Belgiyaga 1:2 hisobida mağlub bölgandi. Şundan keyin 14 oy içida jami 17 öyin ötkazib, ularning birortasida mağlub bölmagandi. Bu vaqt içida brazillar Amerika Kubogida ğolib bölişgandi. Bu turnir mobaynida Braziliya Peruni ikki marta, guruh bosqiçida 5:0 va finalda 3:1 hisoblarida mağlub etgandi.

Argentina esa asosiy yetakçisi Lionel Messi iştirok etmagan Meksikaga qarşi öyinda 4:0 hisobidagi yirik ğalabaga erişdi, öyindagi gollarning törttasi ham birinçi bölimda urildi, ularning uçtasiga «Inter» hujumçisi Lautaro Martines mualliflik qildi, yana bir golni «PSJ» a'zosi Leandro Paredes penaltidan raqib darvozasiga kiritdi.

AQŞ Urugvayni qabul qilib 1:1 hisobida durang öynadi, Ukraina Nigeriyani yenga olmadi - 2:2.

Örtoqlik uçraşuvlari
Argentina – Meksika 4:0 (4:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 17 Martines, 2:0 – 22 Martines, 3:0 – 33, Paredes (penalti), 4:0 – 39 Martines.
Argentina – Andrada, Roxo, Montiyel, Talyafiko, Martines (Balerdi, 83), de Paul (Gayç, 87), Palasios (Dominges, 54), Paredes, Mak Allister (Pereyra, 65), Akunya (Lansini, 77), Martines (Dibala, 46).
Meksika – Oçoa, Arauxo, Layyun, Salsedo, Alvares, Errera (Rodriges, 63), Galyardo, Korona (Fabian, 63), Dos Santos, Losano, Ximenes.
Ogohlantirişlar: Alvares (10), Errera (37), Roxo (45), Akunya (63), de Paul (70), Losano (71), Paredes (78), Salsedo (90).

Braziliya – Peru 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 85 Abram.
Braziliya – Ederson, Aleks Sandro, Markinos, Fagner, Militao, Kazemiro (Fabino, 64), Koutino (Bruno Enrike, 84), Neres (Lukas Paketa, 64), Allan, Rişarlison (Vinisius Junior, 74), Firmino (Neymar, 63).
Peru – Galese, Sambrano (Santamariya, 69), Abram, Trauko, Advinkula, Akino (Gonsales, 69), Yotun (Balon, 90), Flores (Karrilo, 72), Tapiya, Kosta (Kueva, 72), Ruidias (Reyna, 46).