PSJ klubining bosh murabbiyi Unai Emeri hujumchi Neymarning «Real»ga o‘tib ketishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
«Yana bir bor ta'kidlayman - Neymar bu yerda muvaffaqiyat qozonadi va baxtiyor bo‘ladi. Uning nima deyayotganini va bu mish-mishlar qayerdan chiqayotganini bilmayman.
Biz hammamiz Neymarning o‘yinidan hayratdamiz. U bu yerda qoladi va g‘alabalarga erishadi» - deb mutaxassis so‘zlarini keltirmoqda FootMercato.