15:10 / 17.11.2017
10430

Turkiya NATO texnologiyalaridan mahrum bo‘lishi mumkin

Foto: Getty Images

AQSh tomoniga ko‘ra, Turkiya tomoni xarid qilayotgan harbiy texnikalar bo‘yicha aksar qarorlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 

AQSh HHK qo‘mondonining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Heydi Grantning bayonot berishicha, Turkiyaning S-400 havo hujumidan himoya vositalarini xarid qilishi NATO mamlakatlari bilan harbiy-texnik hamkorlikka salbiy ta'sir etishi mumkin, deb yozmoqda  Defense News.

Bunda Turkiya beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olishdan bosh tortish bilan  "o‘z holatini murakkablashtiradi". Uning qayd etishicha, S-400 majmualarini xarid qilish beshinchi avlod qiruvchi samolyotlaridan foydalanishda "muammoga sabab bo‘ladi". 

S-400 majmualari, Heydi Grantning ta'kidlashicha, nafaqat Qo‘shma Shtatlarga tahdid soladi, balki AQShning beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini xarid qilib bo‘lgan NATO bo‘yicha barcha ittifoqchilarga tahdid soladi. 

Mavzuga oid
Top