Şimoliy Atlantika şartnomasi taşkiloti (NATO) mutaxassislari Özbekiston Qurolli kuçlari Kiçik mutaxassislar tayyorlaş markazi faoliyati bilan yaqindan tanişdi.

Dastlab delegatsiya a’zolariga markazning öquv-moddiy bazasi va öquv xonalarida yaratilgan şaroitlar taniştirilib ötildi.

Şundan söng markazning Madaniyat va ma’rifat markazida mehmonlar özaro tanişuv suhbati hamda mas’ul şaxslar iştirokida brifing ötkazildi.

Brifing davomida markaz şaxsiy tarkibi va kursantlarga NATO harbiy hamkorligi töğrisida tegişli ma’lumotlar berildi. Şundan söng markazda tahsil olayotgan kursantlar uçun NATOga a’zo davlatlarda serjantlarni tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça bir qator mavzularda maşğulotlar taşkil etildi hamda mavzu böyiça özaro fikrlar almaşildi.

Mazkur hamkorlikdagi öquv-uslubiy maşğulotlar 20 aprel kuniga qadar davom etadi.