09:45 / 16.12.2017
24938
NASA Yerga yirik asteroid yaqinlashishini ma'lum qildi 
Foto: Fotolia / 3000ad

16 dekabrda yirik asteroid – “Faeton” (3200) Yerga yaqinlashadi. Bu haqda NASA saytida ma'lum qilindi. 

Diametri 4,8 km keladigan samo jismi sayyoramizdan 10 mln km nariroqdan uchib o‘tadi. Bu masofa Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan 27 marta kattaroqdir. Ta'kidlanishicha, keyingi marta bunday “yaqinlashuv” 2093 yildagina kuzatiladi.

NASA asteroidni “potensial xavfli” asteroidlar toifasiga kiritadi. Agar u Yer bilan to‘qnashsa, sayyoramizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Asteroid o‘z orbitasi hisobiga, Quyosh atrofida aylanishi vaqtida 4 ta sayyora – Merkuriy, Venera, Yer va Mars orbitalarini kesib o‘tadi.

Asteroidning mavjudligi 1983 yilda IRAS sun'iy yo‘ldoshi olgan suratlar evaziga ma'lum bo‘lgan.

Top