Yerga Bennu asteroididan olingan tuproq namunasi bo‘lgan kapsula yetkazildi
OSIRIS-REx zondi tomonidan 2020 yilda olingan namunalar bo‘lgan issiqlikka chidamli kapsula Yuta shtatiga qo‘ndi. Uning tarkibida Bennu asteroidi yuzasidan taxminan 250 gramm tuproq va chang borligi taxmin qilinmoqda.

Foto: NASA
Bennu asteroidi yuzasidan olingan tuproq namunalari bo‘lgan kapsula Amerikaning Yuta shtatiga qo‘ndi. Kapsula 24 sentabr, yakshanba kuni ertalab soat 10:52 da 3,86 milliard milya yo‘l bosib kelgan, deb xabar qildi AQSh Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA).
Issiqlikka chidamli qobiq bilan himoyalangan, og‘irligi taxminan 46 kg va diametri taxminan 81 sm bo‘lgan kapsula kutilganidan uch daqiqa oldin qo‘ndi. So‘nggi 13 daqiqada u Yer atmosferasi bo‘ylab 44 000 km/soat tezlikda uchgan. Bir necha soat oldin u OSIRIS-REx zondi tomonidan taxminan 102 ming kilometr balandlikdan Yerga tushirildi. NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, kapsulada 2020 yil oktyabr oyida asteroiddan yig‘ilgan taxminan 250 gramm tosh bor. Endi bu namunalar tadqiqot uchun NASA’ning Hyustondagi (Texas) laboratoriyalariga yetkaziladi. 200 ga yaqin olim 60 xil usul yordamida tadqiqot olib boradi.
Namunalar 2020 yilda olingan
Diametri 550 metr bo‘lgan Bennu asteroidi orbitasining Yerga yaqinligi, asteroid o‘lchami va unda borligi taxmin qilinayotgan materiallar tufayli tanlangan. NASA mutaxassislari uni Yer uchun eng xavfli asteroid deb hisoblamoqda. Ehtimol, yaqin 150 yil ichida asteroid Yerga yaqinlashishi mumkin. 2016 yil sentabrida og‘irligi 2100 kg va uzunligi 6 metr bo‘lgan OSIRIS-REx uchuvchisiz kosmik apparati Kanaveral burnidan uchirildi, u 2018 yil dekabrida samoviy jismga yetib kelgan. Shundan so‘ng sirtni xaritalash, namuna olish joylarini tanlash boshlandi. NASA 2020 yil oktyabr oyi oxirida Bennu asteroidida chang va tuproq namunalari muvaffaqiyatli olinganini e’lon qildi.
Bennu asteroididan olingan tuproq Amerikaning «Apollon» dasturidan keyin koinotdan Yerga olib kelingan eng yirik namuna ekanligiga ishoniladi. Olimlar quyosh tizimining 4,5 milliard yil avval paydo bo‘lishi haqida yangi ma’lumotlarni taqdim etishga umid qilmoqda. Loyiha qiymati taxminan 800 million dollarni (750 million yevro) tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

18:18 / 03.04.2025
NASA Oy bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan 60 metrlik asteroidni namoyish etdi

17:51 / 03.04.2025
NASA YR4 asteroidining Oy bilan to‘qnashish xavfini yuqori baholadi

16:54 / 26.03.2025
Xavfli asteroid Yerga eng yaqin masofadan uchib o‘tadi

17:02 / 25.02.2025