21 yanvar, yakşanbaga ötar keçasi Berlin osmonida asteroid körindi, u, ekspertlarning fikriga köra, Germaniya poytaxti ğarbiga qulagan, deb xabar bermoqda dpa.

Kiçik sayyoralar markazi (MPC) ma’lumotlariga köra, diametri bir metrga yaqin bölgan asteroidni vengriyalik astronom Kristian Şarnetski aniqladi. Osmon jismiga dastlab Sar2736 taxminiy nomi berilgan, hozir u 2024 BX1 deb atalmoqda. Sönggi yillarda bir neça marta asteroidni Yer atmosferasida yonib ketişidan oldin aniqlaş mumkin bölgandi, deya qayd etadi dpa. 

AQŞ milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qiliş agentligi (NASA) hisob-kitoblariga köra, asteroid Brandenburgdagi Nennxauzen mavzesi yaqiniga qulaşi kerak edi. Politsiya ma’lum qilişiça, tuşib ketgan osmon jismi oqibatida yetkazilgan zarar haqida heç qanday xabar olmagan.

Odamlar asteroid parçalarini qidirişga kela boşladi, deb yozadi dpa. 

Ötgan yili Germaniyada oğirligi 3,5 kg bölgan meteorit uylardan birining boğiga qulagan edi. Toş 200 ming yevroga baholangan.