21:30 / 09.01.2018
23429

Orqa g‘ildiraksiz “yordamga oshiqqan” tez yordam mashinasi (video)

Foto: VK/Jyest Komi

Rossiyaning Komi respublikasida mahalliy aholi orqa g‘ildiraksiz ketayotgan tez yordam mashinasini videoga olgan. So‘ngra video “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi “Jyest Komi” guruhida joylashtirilgan. Foydalanuvchilar va bir qator OAV mashina shoshilinch chaqiriqqa ketayotganini taxmin qilishgan.

Biroq respublikaning sog‘liqni saqlash vazirligida tez yordam mashinasi chaqiriq bo‘yicha emas, ta'mirlashga ketayotgani ma'lum qilingan. 

Top