Komi Respublikasining sobiq qişloq xöjaligi va iste’mol bozori vaziri Denis Şaronov 2022 yil oktyabr oyida çaqiruv qoğozini olgaç, AQŞga jönab ketgan va u yerda siyosiy boşpana söragan. Bu haqda 15 avgust, seşanba kuni RTVI yangiliklar sayti xabar berdi, uning jurnalistlari «Novyye amerikansy» YouTube-kanaliga joylangan videoda sobiq siyosatçining şaxsini aniqlab, Şaronov bilan suhbatlaşgan. 

«U Rossiyada vazir bölgan, AQŞda yuk maşinasi haydovçisiga aylandi» sarlavhali videoda sobiq vazirning ismi aytilmagan, biroq jurnalistlar yuzni taniş xizmatlaridan foydalangan holda videodagi şaxs Şaronov ekanini aniqladi. Sobiq amaldor keyinroq RTVI telekanaliga videoda haqiqatan ham özi ekanini tasdiqladi. 

Şaronov Rossiyada ikki marta jinoiy ta’qibga uçraganini, biroq har ikki safar ham sud tomonidan oqlangani va reabilitatsiya qilinganini aytdi. Uning sözlariga köra, 2022 yilning yanvarida mintaqa rahbari Vladimir Uyba bilan uzoq davom etgan mojaro tufayli Komi Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri lavozimidan ozod etilgan. Şaronov kuzda olgan çaqiruv qoğozini ham avvalgi işi bilan boğladi. 

AQŞga emigratsiya va yuk maşinasi haydovçisi bölib işlaş 

«Rossiyada qolişim xavfsiz emasligi haqida signallar ola boşladim va 2022 yil oktyabr oyida ular harbiy xizmatga çaqiruv qoğozini topşiriş uçun kelganida, qiladigan boşqa işim qolmadi. Ammo men çaqiruv yoşiga unçalik mos kelmasdim. Bu men işlagan respublikadan kelgan signal ekanligini tuşundim. Bu - şunçaki norozi odamlardan qutulişning bir usuli. Oldingi ikkitasida menga omad kulib boqdi. Quvğunlarga duçor böldim, lekin bu safar qarşilik qila olmasligimni angladim. Vatanni tark etişdan boşqa ilojim yöq edi», dedi u. 

Hozir sobiq vazir AQŞda yuk maşinasi haydovçisi bölib işlaydi va siyosiy boşpana söragan. «Men hozir qilayotgan işim - yuk taşuvçilik doimiy iş emasligi aniq, ammo iş qayerdadir boşlanişi kerak va AQŞda yuk maşinasi haydovçiligi eng keng tarqalgan kasblardan biridir», - deya örtoqlaşdi Şaronov va kelajakdagi taqdiri qonuniylaştiriş jarayoni qanday ötişiga boğliqligini qöşimça qildi.