Özbekiston boş konsulxonasi xodimlari 1-3 sentabr kunlari amaliy safar bilan Rossiyaning Komi Respublikasida bölişdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Komi Respublikasi ta’lim vaziri Natalya Yakimova Özbekiston ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari yölga qöyilganini ma’lum qilar ekan, uşbu hududda jami 80 nafarga yaqin özbekistonlik talabalar 8 nafari P.Sorokina nomidagi Siktivkar davlat universitetida texnika, toğ-kon qazilmalari va IT yönalişlarda tahsil olayotganini bildirdi. U sönggi yillarda Komida joylaşgan universitetlarga budjet asosida öqiş uçun kvotalar soni ortib borayotgani sababli Özbekistondan toğ-kon qazilmalari yönalişida talabalar qabul qilişga, öqituvçilar tajriba almaşuvini yölga qöyişga tayyor ekanini aytdi.
Mehnat va bandlik vaziri Yekaterina Gribkova kelgusida boş konsulxona bilan özbekistonlik fuqarolarni Komi sanoat va işlab çiqariş sohalaridagi korxonalarga jalb etişda hamkorlik qilişga tayyor ekani, buning uçun vazirlik reyestrida 13 mingta vakant iş joylari mavjudligini ma’lum qildi. U yaqin kunlarda sohalar kesimida uşbu böş iş joylariga sörovnoma yuborilişini aytib ötdi.












