14:30 / 10.01.2018
20415

WBC o‘tgan yilning eng yaxshi bokschisini ma'lum qildi

Foto: AP

Butunjahon boks kengashi (WBC) 2017 yil yakunlari bo‘yicha eng yaxshilarni aniqladi.

Qozog‘istonlik sportchi Gennadiy Golovkin WBC tomonidan 2017 yilning yaxshi bokschisi deb topildi.

Yil voqeasiga amerikalik bokschi Floyd Meyvezer va irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor o‘rtasidagi jang aylandi.

WBC 2017 yilning eng yorqin chiqishi deb amerikalik Deontey Uaylderning kanadalik Bermeyn Stivern bilan jangning birinchi raundidagi g‘alabasi tan olindi.

Eslatib o‘tamiz, to‘rt yo‘nalish bo‘yicha o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni Gennadiy Golovkin o‘tgan yili ikkita jang o‘tkazdi. Mart oyida u amerikalik Deniyel Jyeykobsni mag‘lub etdi, sentabrda esa meksikalik Saul Alvaresga qarshi jang durang bilan yakunlandi. Bu jang WBC tomonidan 2017 yildagi eng yaxshisi deb topildi.

Mavzuga oid
Top