Özbekistonlik boksçi Isroil Madrimovning harbiy unvoni oşirildi.

Özbekiston boks federatsiyasi xabariga köra, super yarim örta vazn toifasida WBA kamari sohibi, Içki işlar bölimi xodimi, boksçi Isroil Madrimovga muddatidan oldin «Mayor» harbiy unvoni berildi. 

18 mart kuni Içki işlar vazirligi Madaniyat saroyida içki işlar xodimlarini taqdirlaş marosimida içki işlar vaziri Pölat Bobojonov Madrimovga mayor maxsus unvonini topşirdi. Bungaça sportçi kapitan unvoniga ega edi.

Saudiya Arabistonining Ar Riyod şahridagi «Kingdom Arena» majmuasida ötgan professional boks keçasida özbekistonlik boksçi WBA kamari uçun rossiyalik Magomed Qurbonovga qarşi ringga kötarilib, şu vaqtgaça yengilmagan raqibini 5-raundda nokautga uçratgandi.

Madrimov 8 mart kuni Saudiya Arabistonida WBA çempionligi uçun avval mağlub bölmagan rossiyalik boksçi Magomed Qurbonov ustidan muddatidan avval ğalaba qozongandi.

14 mart kuni Isroil Madrimovga prezident sovğasi — narxi 1,04 mlrd söm bölgan Chevrolet Tahoe avtomobili topşirilgandi.