AQŞning Miçigan ştati Detroyt şahrida ötgan professional boks keçasida özbekistonlik Şohjahon Ergaşev ringga kötarildi.
Boks oqşomining ikkinçi asosiy jangida özbekistonlik professional boksçi, super yengil vaznda IBA kamari uçun sobiq da’vogar Şohjahon Ergaşev panamalik Xuan Xuyertasni mağlubiyatga uçratdi.
Şohjahon Ergaşev panamalik boksçini birinçi raundning özida nokautga uçratişga muvaffaq böldi.
Özbekistonlik boksçiga raqiblik qilgan uşbu sportçi öz vaqtida yengil vaznda bir qator yuqori natijalarga erişgan. 2012 yilgi London olimpiadasi iştirokçisi sanaladi.
U Şohjahon Ergaşevdan faoliyatidagi beşinçi mağlubiyatni qabul qilib oldi.













