16:30 / 11.01.2018
6329

Eronda to‘rtta yangi zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Getty Images

Eron hududida 11 yanvar kuni magnitudasi 4,9 dan 5,4 ballga qadar bo‘lgan yer silkinishlari yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati saytida xabar qilingan.

Hammasi bo‘lib zilzilaning to‘rtta o‘chog‘i aniqlandi: Mehron viloyatida bitta, Mandalida ikkita va Karmanda bitta.

5,4 magnitudali eng kuchli yer silkinishi Mehronda qayd etilgan, uning markazi 10 kilometrlik yer tubida joylashgani aytilmoqda.

Jabrlanganlar haqida ma'lumotlar hozircha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Eronda bundan avval yuz bergan zilzila oqibatida 51 kishi jabrlangandi.

Mavzuga oid
Top