09:34 / 20.01.2018
7103

Kollej o‘quvchisi zargarlik buyumlarini o‘marib ketdi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 2016 yil 30 noyabr kuni soat 10:00 dan soat 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs Dimishkibola QFY Kamolat mahallasida yashovchi, “Tong” restorani ishchisi, 1997 yilda tug‘ilgan J.H.ning uyiga devor oshish yo‘li bilan kirib, zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jomboy tumani Gumbaz MFY Ko‘kgumbaz qishlog‘ida yashovchi, Samarqand Pedagogika kolleji 1-kurs o‘quvchisi 2000 yilda tavallud topgan O.A. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Top