10:00 / 30.01.2018
11657

Volkswagen maymunlarda tajriba o‘tkazganini tan oldi

Foto: The Verge

Volkswagen avtomobil konserni kelajakda maymunlardagi tajribalardan voz kechmoqchi, bu Germaniyaning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari aralashib qolgan mojaro tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda Handelsblatt.

«Biz kelajakda hayvonlar ustidagi tajribadan butunlay voz kechmoqchimiz. Bu shunday holatlar takrorlanmasligi uchun kerak», - deya ma'lum qildi konsernning bosh vakolatli vakili Tomas Shteg.

Bundan tashqari, Volkswagen tajribalar natijasida maymunlar bilan nima yuz bergani hamda ular o‘zlarini qanday his etayotganini kuzatib borish niyatida.

Kontserni raisi Matias Myuller ham bunday tajribalarni qabul qilib bo‘linmas, deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volkswagen kompaniyasi hayvonlar ustida shafqatsiz tajribalar o‘tkazishda ayblangandi. Kompaniyaga qarshi AQShda berilgan sud arizasiga ko‘ra, kompaniya 2014 yilda germetik kameraga 10 ta maymun qamab qo‘yilib, ularga multfilm qo‘yib berilib, dizelda ishlovchi Volkswagen Beetle modelidan chiqayotgan chiqindi gazlar bilan nafas olishga majbur qilingan tajribani moliyalashtirgan. 

Mavzuga oid
Top