
Foto: Anushree Fadnavis / Reuters
9–10 sentabr kunlari Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida G20 («Katta yigirmatalik») sammitiga katta tayyorgarlik körilmoqda, deb yozmoqda Bloomberg.
Dunyoning yetakçi davlatlari rahbarlarining uçraşuvi uçun Nyu-Dehlida qator çeklovlar joriy etilmoqda. Sammit vaqtida poytaxt deyarli izolyatsiyaga olinadi, deb yozadi agentlik. Xususan, maktablar, banklar, xususiy korxonalar, şuningdek, barça davlat idoralari yopiladi. Hukumat binolari hududida transport harakati ham çeklanadi.
Nyu-Dehlining qöşni ştatlar bilan çegarasi ham yopiladi. Patrullar faoliyati kuçaytirilgan rejimda olib boriladi.
Bundan taşqari, şahar markazida sammit ötadigan hududga ötib ketmasligi uçun maymunlarni haydaş çoralari ham körilmoqda.
Davlat idoralariga yaqin hududlarda yaşab, köça-köyda paydo böladigan, yölovçilardan oziq-ovqat öğirlaydigan minglab maymunlarni qörqitib, uzoqroqqa haydaş çoralari işlab çiqilgan. Buning uçun maymunning boşqa bir turi — qora yuzli langurlarning haqiqiyga öxşaş figuralardan foydalaniladi.
Şuningdek, sammit vaqtida havo şarlari va paraplanlar uçirilişiga ham taqiq joriy etilgan.
Qayd etilişiça, dunyo yetakçilari xavfsizligini ta’minlaş uçun köçalarda 100 mingdan ortiq politsiya xodimlari va boşqa xavfsizlik idoralari işçilari xizmat faoliyatini olib boradi.










