Nemis avtomobil işlab çiqaruvçisi Volkswagen (VW) Rossiyadagi barça aktivlarini, şu jumladan Kalugadagi avtomobil zavodini "Avilon" Rossiya dilerining Art-Finance kompaniyasiga sotdi, deyiladi avtomobil işlab çiqaruvçisi 19 may, juma kuni e’lon qilingan bayonotda.
Xabarda qayd etilişiça, bitim VW'ning "Folksvagen Grup Rus" (Kaluga zavodiga egalik qiladi) va uning şu’ba korxonalari ("Folksvagen Komponenty i Uslugi", "Skaniya Lizing", "Skaniya Finans", "Skaniya Straxovaniye"), importçi korxona (sotiş va sotişdan keyingi xizmat körsatiş biznesi), ehtiyot qismlar ombori va moliyaviy xizmatlar biznesidagi uluşlarini qamrab oladi.
Xaridor "Avilon" kömagidagi "Art-Finans" MÇJ böldi. Rossiya kompaniyalari hamda Rossiya Federatsiyasidagi hududlar va tarmoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati haqida ma’lumot beruvçi SPARK tahliliy tizimiga köra, ustav kapitali 100 ming rubl bölgan uşbu kompaniya 13 fevralda röyxatga olingan va 100 foizi "Avilon" sobiq boş direktori Andrey Pavloviçga tegişli. "Avilon" matbuot kotibi izoh berişdan boş tortdi.
Volkswagen özining press-relizida kelişuv Rossiya hukumati tomonidan ma’qullanganini bildirdi. “Interfaks” xabariga köra, qaror 17 aprelda qabul qilingan, bitim summasi 125 million yevrodan oşmasligi kerak (tasdiqlangan kuni taxminan 11,3 milliard rubl). Hisob-kitoblarni amalga oşiriş uçun "Avilon" içki bozorda valuta sotib olişi kerak böladi, xarid miqdori esa kuniga 50 million yevro bilan çeklangan. Volkswagen xabarida kelişuv summasi aniqlanmagan.

















