12:26 / 31.01.2018
7930

Turkiya klubi futbolchini bitkoinlar evaziga xarid qildi

Foto: Twitter/Sporf

Turkiyaning «Xarunustaspor» havaskorlar futbol jamoasi Umar Farrux Kiro‘g‘lini bitkoinlar evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

Transfer summasidan bir qismi 2500 lirani tashkil etdi, ular naqd pullar ko‘rinishida to‘langan. Turk jamoasi qolgan mablag‘ni 0,0524 miqdoridagi bitkoinlar yordamida o‘tkazib bergan. Bu, hozirgi kurs bo‘yicha, taxminan 440 yevroni tashkil etadi.

Shartnomaning bu ko‘rinishi o‘yinchi jamoaga kriptovalyuta evaziga o‘tgan futbol tarixidagi birinchi holatga aylandi.

Top