08:09 / 02.02.2018
5083

AQSh FTB rahbari ishdan ketishi mumkin 

Foto: Carlos Barria/Reuters

Oq uydagilarning xavfsirashicha, FTB (Federal tergovlar byurosi) direktori Kristofer Rey 2016 yilgi saylovlar vaqtida Trampning yordamchisi ortidan kuzatish chog‘ida xizmat vakolatlari suiiste'mol qilingani aks etgan hujjatlar e'lon qilinsa, iste'foga chiqishi mumkin. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Telekanal manbalaridan birining xabar berishicha, Rey Oq uy apparati rahbari Jon Kelli bilan yaqinda o‘tkazilgan uchrashuvda ketishi haqida gapirmagan, biroq Kellining o‘zi bunday holat ehtimolga yaqin ekanini istisno etmayapti. Ta'kidlanishicha, Oq uydagi amaldorlar ham hujjat e'lon qilinishiga qarshi chiqayotgan razvedka xizmati, ham uni oshkor etishni rejalashtirayotgan AQSh prezidenti Donald Trampni qanoatlantiruvchi yechimni izlashmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fox News AQSh FTB va Adliya vazirligida Trampga qarshi «maxfiy guruh» bo‘lgani haqida xabar bergandi.

Top