12:28 / 02.02.2018
13647

Heyli: Rossiya AQShning do‘sti emas

Foto: AP

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heylining ma'lum qilishicha, Rossiya Qo‘shma Shtatlarning do‘sti emas. Bu haqda Heyli qonun chiqaruvchi respublikachilar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Fox News.

«Balki, ular bilan biz ishlashimiz mumkin bo‘lgan ba'zi jihatlar bor, hamda biz buni imkonimiz bor bo‘lgan joyda qilishimiz kerak. Biroq Rossiya... uning hukumati hozirgi pozitsiyasini o‘zgartirmasa va o‘zini xalqaro arenada hozirgidek tutishni bas qilmaguncha, bizning do‘stimiz bo‘lmaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi Xeyli.

Uning ta'kidlashicha, hozir prezidentlik ma'muriyati Rossiya bilan «Ronald Reygan davridan beri bironta ham hukumat qilmagan darajada qattiq» munosabatda bo‘lmoqda.

Top