19:03 / 02.02.2018
19042
Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish uchun namunaviy shartnoma yangilandi
Foto: Getty Images

IIV, Moliya vazirligi va Davlat raqobat qo‘mitasining qarori (ro‘yxat raqami 2966, 2018 yil 29 yanvar)  bilan Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish bo‘yicha namunaviy shartnoma tasdiqlandi.

Ilgari amalda bo‘lgan qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish bo‘yicha namunaviy shartnoma shakli (ro‘yxat raqami 2573, 2014 yil 8 aprel) o‘z kuchini yo‘qotdi.

Norma.uz’ning yozishicha, hujjat Vazirlar Mahkamasining 23.06.2017 yildagi 421-son «Ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 1.02.2014 yildan boshlab nodavlat tashkilotlar va jismoniy shaxslarga qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanish  va boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlangan. 

Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash xizmati tomonidan qo‘riqlash xizmati ko‘rsatiladi. Uning tizimiga kiruvchi bo‘linmalar davlat obektlari, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obektlar, jismoniy va yuridik shaxslar mulkini shartnoma asosida qo‘riqlashni amalga oshiradi. Qo‘riqlash xizmatining tariflari (qiymati) IIV tomonidan shakllantiriladi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish qo‘riqlash xizmatining bevosita saf bo‘linmalari, harbiylashtirilgan qo‘riqlash va qorovullik bo‘linmalari naryadlari tomonidan hamda texnik qo‘riqlash vositalari bilan amalga oshiriladi.

Hujjat 29.01.2018 yildan kuchga kirdi. 

Top