21:37 / 03.02.2018
7253

G‘arbiy Afrika sohillari yaqinida bortida 22 dengizchi bo‘lgan tanker g‘oyib bo‘ldi

Foto: youtube.com

Bortida 22 nafar hind dengizchisi bo‘lgan Marine Express neft tankeri G‘arbiy Afrika sohillari yaqinida yo‘qoldi.

Panamada qayd qilingan kema ekipaji ikki kundan beri aloqaga chiqmayapti. Kema ekipaji oxirgi marta tanker Benin sohillarida langarda turganda aloqaga chiqqan. 

Kema egalari u qaroqchilar tomondan yukni talash yoki pul undirish maqsadida olib qochilgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda, chunki tanker umumiy qiymati 8,1 mln dollarlik 13,5 tonna neft olib ketayotgan bo‘lgan.

Hindiston kemachilik vazirligi tankerni qidirishda yordam so‘rab Benin va Nigeriya hukumatiga murojaat qilgan.

Mavzuga oid
Top