Xitoylik noma’lum xaridor Rossiya neftini sotib olish uchun 376 mln dollar sarfladi
U Atlantika o‘rtasida Rossiya neftini u kemadan bu kemaga olish va tashish uchun 13ta tankerga 376 mln dollar to‘lagan.

Foto: ANGELOS TZORTZINIS / AFP
Xitoylik noma’lum xaridor Rossiya neftini tashuvchi tankerlar uchun 376 mln dollar sarfladi, deb xabar berdi Business Insider.
Xabarda aytilishicha, u Atlantika o‘rtasida Rossiya neftini u kemadan bu kemaga olish va tashish uchun 13ta tankerga 376 mln dollar to‘lagan.
Xaridor 10ta tankerni may-iyul oylari davomida sotib olgan. Barcha kemalar Xitoyning Dalyan shahridagi ofis manzili bilan bog‘liq, deyiladi xabarda.
Nashrning ma’lumot berishicha, barcha kemalar ishlab chiqarilganiga 15 yildan oshgan va an’anaviy neft kompaniyalariga aloqasi yo‘q. Noma’lum xaridor to‘lovni naqd pulda amalga oshirgani aytilmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, bunday harakat Rossiya nefti importiga nisbatan sanksiyalarni buzmaydi. Ammo bu yangi yashirin neft bozori paydo bo‘lganini anglatadi.
Mavzuga oid

11:46 / 20.05.2025
YeI Rossiya nefti narxini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda

22:01 / 05.05.2025
Saudiya Arabistoni iyun oyida Osiyo davlatlari uchun neft narxini oshiradi

11:01 / 15.04.2025
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda

10:05 / 11.04.2025