19:42 / 06.02.2018
32047
Reklama

"ArzonApteka" brendi ostidagi tarmoq faoliyatiga start berildi

Foto: ArzonApteka

Toshkent shahrida "ArzonApteka" (AA) brendi ostidagi 30 franchayzing dorixonadan iborat yagona tarmoqning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ha, sizga dorixonalar shusiz ham ko‘pdek tuyulishi mumkin, biroq bu mutlaqo yangicha tizimda ishlaydigan innovatsion dorixonalar tarmog‘i bo‘lib, u o‘z nomiga munosib ravishda iste'molchilarga arzon dori-darmonlarni taklif etadi. "ArzonApteka" O‘zbekistondagi franchayzing dorixonalarning birinchi tarmog‘i bo‘lib, ular FOM GROUP kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yagona avtomatlashtiruv tizimi F-APTEKA dasturiy ta'minoti bilan jihozlanadi.

Foto: ArzonApteka

Xo‘sh, u nimasi bilan boshqa dorixonalardan farq qiladi dersiz?

  • Narxlarining boshqa dorixonalarga nisbatan arzonligi;
  • Siz kutgandan-da keng assortiment;
  • Dori vositalarining sifati kafolatlanishi;
  • Dorixona tarmoqlarining butun poytaxt bo‘ylab xizmat ko‘rsatishi;
  • Apteka o‘z saytiga, botiga, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga, shuningdek maxsus ilovasiga ega;
  • Dorixonalar tarmog‘i shaffof faoliyat olib borishi.

Bugungi kunda Toshkent shahrida AA brendi ostidagi 30 dorixona xizmat ko‘rsata boshladi, biroq oldinda ko‘zlangan maqsadlar katta. 2018 yilning o‘zida butun O‘zbekiston bo‘ylab "ArzonApteka" brendi ostida 300 dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Ilk uch yilda esa bu ko‘rsatkich respublika bo‘ylab 1000 tagacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: ArzonApteka

"ArzonApteka" (AA) MChJ asoschisi Murod Mahkamov bu borada shunday deydi:

"Biz xaridorlar uchun eng ma'qul narxlarni kafolatlashni dadil e'lon qilishimiz mumkin, zero biz yo‘lga qo‘ygan biznes-jarayonlar distributsiyaning butun zanjiri bo‘ylab umumiy tranzaksiya xarajatlarini kamaytiradi. Dorixonalarning yagona tarmoqqa birlashtirilishi dori-darmon vositalarining ulgurji narxlarini pasaytiradi. Autsorsing kompaniya esa butun bozor bo‘ylab narxlar monitoringini amalga oshiradi, preparatlarga "to‘g‘ri" narxlarni belgilaydi".

Bundan tashqari, Murod Mahkamov KUN.UZ'ning imtiyozlar bilan bog‘liq savoliga javoban ma'lum qilishicha, "ArzonApteka"da urush qatnashchilariga zarur dori vositalari bepul beriladi. Shu bilan birga, har oyda bittadan ehtiyojmand oilaning saratondan aziyat chekayotgan farzandiga zarur dori vositalari bepul yetkazib berilishi maqsad qilingan.

Foto: ArzonApteka

P.S. Uyga kelsam, farzandim behol, tomog‘i qizargan. Shifokor yozib bergan dorilarni ko‘zdan kechirib, darhol "ArzonApteka" tizimini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Telegram-bot orqali kerakli hudud va dori nomini kiritdim. Men yashaydigan tumanning o‘zidan 10 ta dorixona ro‘yxati, ularning har birida shu dorilarning narxi hamda dorixonalar manzili taqdim etildi. Yo‘l-yo‘lakay mahallamizdagi doimiy chiqadigan dorixonaga chiqib, narxlarni surishtirdim. Natija va'da qilinganidek - "ArzonApteka"larda dorilar haqiqatda arzon! 

Sayt: arzonapteka.uz
Facebook: @ArzonApteka
Instagram: @Arzonapteka

Telegram-bot: @arzonaptekabot

Ilovalar:

iOS uchun: https://goo.gl/YDAwpf
Android uchun: https://goo.gl/UFC6SN

 

Reklama huquqi asosida

Top