Amaldagi qonunçilikka köra, dori vositalarining çegaralangan narxlari bor. Ya’ni dori vositalarini Özbekistonga import qiliş yoki işlab çiqarişda Farmagentlikdan röyxatdan ötkazilganda şu dori vositasining belgilangan (bazaviy) narxi şakllanadi. Qonunçilik talabiga köra, ulgurji sotuvçi vositaçilar sonidan qat’i nazar [dori ustiga] 15 foizgaça ustama qöyişi mumkin, çakana sotuvçi esa 20 foizgaça. Ya’ni dori vositalarining narxi şakllanişi boşlanğiç narxiga nisbatan 35 foiz belgilanadi, şundan ortiq sotiş huquqbuzarlik hisoblanadi.
Raqobat qömitasi dorixonaçi tadbirkorlarga nisbatan dori narxini oşirib sotganlik uçun jazolovçi vositani işga tuşirdi. 1 maydan işga tuşgan “Fair Tech” tizimi orqali ortiqça undirilgan pul iste’molçilarga qaytarib beriladi. Buning uçun, dorixonadan dori sotib olganda xarid çekini “Soliq” mobil ilovasiga skaner qiliş kerak. Agar dori bazadagi narxdan qimmat sotilgani aniqlansa, Raqobat qömitasiga avtomatik ariza yuboriladi. Dorixonaga nisbatan savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buzganlik uçun ma’muriy jarima jazosi qöllanadi; ortiqça undirilgan pul dorixonadan iste’molçi foydasiga undiriladi.
Dorixonaçi tadbirkorlar nimadan norozi?
Raqobat qömitasi “Fair Tech” tizimini işga tuşirganidan keyin dorixonaçi tadbirkorlar tinimsiz huquqiy javobgarlikka tortilayotgani aytilyapti. Kun.uz'ga bu borada bir guruh tadbirkorlar murojaat qildi. Ulardan birining sözlariga köra, 10 kun içida uning önga yaqin dorixonalariga nisbatan 5000ga yaqin huquqbuzarlik qayd etilgan.
Tahririyatga dorixonaçilar dorilarning referent narxlari Farmatsevtika agentligi tomonidan notöğri şakllantirilganini aytişyapti.
“Özi referent narx nima? Deylik, 2020 yilda şartli biror dori Özbekiston çegarasiga kirayotganda 100 sömga baholangan. Ulgurji korxona buni 115 sömga (qonunçilikka muvofiq, 15 foiz ustama bilan) sotişga huquqi bor, dorixona esa 135 sömgaça narxda (20 foiz ustama) sota oladi. Dorixona ulgurji sotuvçi ustiga qöygan 15 foiz bilan oladi, uning ustiga özining 20 foizgaça ustamasini qöya oladi. Bu dorining 2020 yildagi referent – taqalgan narxi hisoblanadi.
2023 yilda esa bu doriga işlatiladigan xomaşyoda özgariş böldi. Yevropa işlab çiqaruvçisi dorining qaysidir xomaşyosini Rossiyadan olardi. Endi Rossiya-Ukraina uruşi tufayli, Rossiyaga sanksiya qöllandi va Yevropa işlab çiqaruvçisi bu xomaşyoni Braziliyadan olib kelişi kerak böladi. Braziliyadan olib kelişgandan keyin bu dorining narxi oşadi, ya’ni 100 sömga kirib kelgan dori endi 110 sömga kirişni boşladi. Ulgurji sotuvçi bu dorini 130 söm, dorixona esa 150 söm sotişi kerak. Bu birinçi omil.

















