Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi 1 maydan “Fair Tech” tizimini işga tuşirdi.
Endi dori vositalariga qonunçilikda belgilangan ustamadan ortiqça narx qöyib sotilsa, xarid çeki orqali avtomatik murojaat şakllanadi.
Tizim test rejimida işga tuşirilganda dorilar uçun ortiqça pul undirişga oid 15 mingta, rasman işga tuşirilgan kundan 2 maygaça 9 mingta murojaat kelib tuşgan.
Kun.uz tizim qanday işlaşi haqida qömita boşqarma boşliği örinbosari Botir Şaripov bilan suhbatlaşdi.
– Qonunçilikda dori vositalariga ustama qöyib sotişga limit belgilangan. Avvalo şu haqda gaplaşsak.
– Amaldagi qonunçilikka köra, dori vositalarining çegaralangan narxlari bor. Ya’ni birinçi Özbekistonga import qiliş yoki işlab çiqarişda Farmagentlikdan dori vositalari röyxatdan ötkazilganda şu dori vositasining belgilangan (bazaviy) narxi şakllanadi. Qonunçilik talabiga köra, ulgurji sotuvçi vositaçilar sonidan qat’i nazar [dori ustiga] 15 foizgaça ustama qöyişi mumkin, çakana sotuvçi esa 20 foizgaça. Ya’ni dori vositalarining narxi şakllanişi boşlanğiç narxiga nisbatan 35 foiz belgilanadi, şundan ortiq sotiş huquqbuzarlik hisoblanadi.
– Demak, dorixonalar xohlagança dorilarning ustiga ustama qöyib sotişga haqqi yöq, şunaqami?

– Dori vositalariga aynan şu tartib joriy etilgan. Bu tartib jahonning boşqa davlatlarida ham bor. Ayrim tadbirkorlar savol berişi mumkin, nega bizda narx çeklangan deb. Dunyoning rivojlangan davlatlarida ham dorilarning çeklangan narxi bor. Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Turkiyada ham dori vositalarining çeklangan narxi mavjud.
– “Fair Tech” axborot tizimi işga tuşirildi. Tizim orqali dori uçun ortiqça undirilgan pul qaytarilişi aytilyapti. Tizim qanday işlaydi?
– Aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlaş maqsadida huquqbuzarliklarni avtomatik aniqlaş tizimini işlab çiqişimiz kerak edi. Dorilarning bazaviy narxi, ulgurji va çakana narxlari belgilangan, avvaldan narx şakllaniş tizimi bor edi. Endi öşa tizim Raqobat qömitasining “Fair Tech” va Soliq qömitasining “Soliq” mobil ilovasi bilan integratsiya qilindi. “Soliq” ilovasida xarid çekini skanerlaş orqali dori vositasi belgilangan ustamadan yuqori sotiladigan bölsa, avtomatik ravişda Raqobat qömitasiga çora köriş uçun murojaat bölib kelib tuşadi. Murojaatni körib çiqiş jarayonida dorixonalar ma’muriy javobgarlikka tortiladi, iste’molçiga esa ortiqça undirilgan pul qaytarib beriladi.
















