12:11 / 07.02.2018
14603

Ko‘zi ojiz inson yetaklab yuruvchi ot sotib oldi 

Foto: Lancashire Telegraph

Britaniyalik ko‘zi ojiz jurnalist Muhammad Salim Patel o‘ziga yetaklab yuruvchi ot sotib oldi. Bunga uning itlardan qo‘rqishi sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Lancashire Telegraph.

«Mening ko‘zlarim zaiflashdi hamda yetaklab yuradigan itlarga ega ko‘plab odamlar bilan uchrashdim. Biroq menda kuchuklarga nisbatan fobiya bor, uni yenga olmayman, bu borada yordam bera oladigan maxsus otlar bor ekanini eshitganimda esa juda xursand bo‘lib ketdim», - deya aytib o‘tdi Patel.

Digbi laqabli mini-otni jurnalist istiqomat qiluvchi Blekbern shahriga olib kelishdi. Patelning so‘zlariga ko‘ra, Digbi unga ko‘nikishi uchun yana bir necha yil talab etiladi.

Mavzuga oid
Top